Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alabama universiteti yaqinidagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi
AQShning Alabama shtatidagi Alabama universiteti yaqinida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
Shifokorlar jarohatlanganlarning ikki nafarining ahvolini og‘ir deb baholashmoqda. Otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olingani haqida hozircha ma'lumot berilmagan.
Alabama universiteti rektori Kvinton Ross otishma universitet binosi yaqiinida sodir bo‘lganini, universiteti ma'muriyati hodisa tafsilotlarini aniqlashda politsiya bilan hamkorlik qilayotganini aytdi.
3 avgustda Texasdagi El-Paso shahrida joylashgan supermarketda otishma sodir bo‘lgandi. Natijada 20 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi yaralandi.
O‘sha kuni yana bir otishma Ogayodagi Deyton shahrida yuz berdi. Oqibatda o‘n kishi halok bo‘ldi, 20dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026