Xalq banki Boshqaruvi raisi Jizzax va Samarqandda sayyor qabullar o‘tkazdi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisi Murodilla Eshmatov ishtirokida Jizzax va Samarqand viloyatlarida aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlari bilan sayyor uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
15 avgust kuni Forish tumanidagi sayyor qabulda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda fuqarolarning murojaatlari ijobiy tomonga hal qilindi. Jumladan, Xalq bankining Forish filiali mijozi «Normamat matlubot savdo» MChJ rahbari ta'minotchi sifatida har bir oila tadbirkor dasturi doirasida aholiga tikuv mashinalari yetkazib berilgan.
Uchrashuv davomida boshqaruv raisi Xalq banki tomonidan Forish tumanida 50 o‘rinli bog‘cha qurib berish tashabbusini bildirdi.
16 avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tgan uchrashuvda 100 ga yaqin tadbirkor va fuqarolar o‘zlarining muammo va takliflari bilan ishtirok etib, unda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda fuqarolarning murojaatlari ijobiy tomonga hal qilindi.
Jumladan, sayyor yig‘ilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining 22 dan ortiq masala, taklif va mulohozalari tinglanib, 2 ta murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi, 12 ta murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga tushuntirish ishlari berildi. Shuningdek, qolgan 8 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha tegishli mas'ul xodimlarga qisqa muddatlarda ijobiy yechimini topishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida qonunchilikda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirish uchun bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi.
Sayyor qabullar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.
Xalq banki Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024
Xalq bankining sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotildi
19:00 / 25.04.2024