Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda ochiq qoldirilgan darvoza orqali kirgan o‘g‘rilar ushlandi
2019 yil 11 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri Yangiobod MFYda yashovchi 44 yoshli I.P. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu kuni soat 13:40larda noma'lum shaxslar uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, xonasidan 17 000 AQSh dollari va 3 200 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Marg‘ilon shahar Yangibog‘ MFYda yashovchi 18 yoshli I.T., Ipak yo‘li MFYda yashovchi 22 yoshli S.O. va 18 yoshli M.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026