Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Xalqaro atom energiyasi agentligi delegatsiyasi tashrif buyurdi
19 avgust kuni yadroviy energiya departamenti bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov boshchiligidagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) delegatsiyasi Toshkentga keldi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif dasturidan Energetika vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va «O‘zatom» agentligida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Bundan tashqari, Mixail Chudakov Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injyenerlik-fizika instituti” (MYaTI MIFI) o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashadi hamda atom energiyasi rivoji to‘g‘risida ma'ruza qiladi. U shuningdek, Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
21:42 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi
21:04 / 13.03.2026
XAEA vakillari AES qurilishi jarayonini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keladi
13:10 / 16.07.2025
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
18:48 / 09.07.2025