Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning yonilg‘i tashuvchi tankerini hibsga oldi
Xerson apellyatsiya sudi Rossiyaning Qora dengiz floti bo‘linmalari uchun yonilg‘i tashuvchi "Mriya" (Mriya) kemasini hibsga oldi.
Sud Xerson shahar sudining kemani hibsga olishni rad etgani uchun Kiyevdagi Qrim avtonom respublikasi prokuraturasining bergan apellyatsiyasini qanoatlantirdi.
10 avgust kuni Ukraina xavfsizlik xizmati vakillari Mriya kemasida tintuv o‘tkazgandi.
Prokuraturaning ma'lumot berishicha, ushbu kema 2015 yil iyunda "Vilga"/Vilga nomi ostida Rossiyaning Qora dengiz floti uchun yonilg‘i tashigan.
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari 25 iyul kuni Izmail portida Rossiyaning Nika Spirit tankerini ushlagandi. Kiyevning ta'kidlashicha, tanker ilgari Neyma deb nomlangan va Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari yo‘lini to‘sishda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026