Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Shimoliy Koreyaga safarlarga taqiqlovi yana bir yilga uzaytirildi
AQSh fuqarolari hibsga olinish va uzoq muddat qamoqda saqlanish xavfi sababli Shimoliy Koreyaga 2020 yil 31 avgustgacha tashrif buyura olishmaydi.
AQSh davlat departamentining xabar qilishicha, 2018 yilda kiritilgan taqiqlov amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirildi. Uni faqatgina AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bekor qilishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreyaga safar fuqarolar xavfsizligiga bevosita xavf soladi.
Farmonda jurnalistlar yoki gumanitar xizmatlar xodimlariga istisno ko‘zda tutilgan. Biroq ular Shimoliy Koreyaga safarlari maqsadini asoslab berishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu taqiqlov Shimoliy Koreyada qamoqqa olinib, u yerda kasallikka uchrab, komaga tushib qolgan amerikalik talaba Otto Vormbiyer o‘limidan keyin joriy qilingan.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026