Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning XXI yalpi majlisi Facebook orqali onlayn translatsiya qilinishi mumkin
21 avgust kuni Senat binosida jurnalistlar, blogerlar va Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda XXI yalpi majlisda qanaqa masalalar ko‘tarilishi, senatorlarning faoliyatini kuchaytirish va yana boshqa qator ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi fikrlar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, Norboyeva Senatning ochiq-oshkora ishlashini ta'minlash bo‘yicha muhim qadamlar tashlanayotganini ta'kidladi.
«Senat faoliyati haqida to‘liq ma'lumot yetkazilmagani uchun ham ko‘pchilikda senatorlar bo‘yicha salbiy fikrlar shakllanib qolyapti. Buning odini olish uchun xalqqa ochilishimiz kerak. Ertaga bo‘ladigan XXI yalpi majlisni ham Facebook ijtimoiy tarmog‘ida onlayn translatsiya qilishni rejalashtiryapmiz. Fuqarolarimiz qonunlar qanday qabul qilinayotganini, qanaqa muhokamalar ketayotganini bilishlari kerak. Translatsiya masalasi albatta, ko‘rib chiqiladi. Bundan keyin har bir yalpi majlisda bu amaliyotni qo‘llashga harakat qilamiz», deya Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senat matbuot xizmatining xabar qilishicha, onlayn translatsiya bo‘yicha texnik-tashkiliy ishlar olib borilyapti va uning qay tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha batafsil axborot beriladi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026