Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Xan-Sheyxun va qator qishloqlarni jangarilardan ozod qildi
Foto: RIA Novosti
Suriya qurolli kuchlari bosh shtabi Xan-Sheyxun shahri va Xoma viloyatidagi qator qishloqlar ozod qilinganini ma'lum qildi.
"Keyingi kunlardagi zarbalardan so‘ng Xoma shimolida terrorchilarni qurshab olgan harbiylarimiz Xan-Sheyxun, Murik, Latamina, Tell-Sayad, Latmin, Kafr-Zeyta, Laxaya va boshqa qishloqlarni ozod qildi", - deyiladi bosh shtab bayonotida.
Ushbu hududlar terrorchilardan ozod bo‘lgani e'lon qilindi, jangarilar katta yo‘qotishlarga uchradi.
"Armiya tezkor sur'atlarda harakat qilmoqda... butun Suriya hududini terrorchilar va ularning rahnamolaridan tozalash ko‘zda tutilgan", - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, hozirda ozod qilingan hududlarni minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:03
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
19:41 / 17.12.2025