Xalq banki Boshqaruvi Raisi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sayyor qabullar o‘tkazdi
Xalq banki Boshqaruvi Raisi Murodilla Eshmatov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani va Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi. Unda 100 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Sayyor qabullar davomida tadbirkorlikni yo‘lga quyish, uni rivojlantirish hamda boshqa masalalarda 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, Shumanay tumanidagi «Dilnova» MChJ rahbari Mansur Tajimuratovning bolalar bog‘chasi (100 mln so‘m) va sport majmuasi qurishga (230 mln so‘m) mablag‘ ajratib berish joyida ijobiy hal qilindi.
Shuningdek, Shumanay tumanida zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish uchun Xalq banki 500 mln so‘m miqdorida homiylik yordami ajratadigan bo‘ldi.
– Xalq banki Boshqaruvi Raisi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda chorvachilikni rivojlantirish uchun moddiy ko‘mak masalasidagi murojaatim joyida hal etildi, – deydi Qo‘shko‘pir tumanidagi «Shuxrat Botir» fermer xo‘jaligi rahbari Botir Qahramonov. – Ya'ni bank tomonidan xo‘jaligimizga 74 600 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi evaziga chetdan nasldor qoramollar olib kelish rejamiz amalga oshadigan bo‘ldi. Albatta, bank rahbariyati tomonidan bildirilgan ishonchni jamoamiz bilan oqlaymiz. Bunday sayyor uchrashuvlar bank hamda tadbirkor munosabatlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Sayyor qabullar hududlarda davom etmoqda.
Xalq bankining rasmiy sahifalari:
Telegram: t.me/xalqbankinfo
Facebook: fb.com/xalqbankinfo
Instagram: instagram.com/xalqbankinfo
Twitter: twitter.com/xalqbankinfo
Mover: mover.uz/channel/xalqbankinfo
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024
Xalq bankining sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotildi
19:00 / 25.04.2024