Jamiyat | 22:36 / 24.08.2019
3171
2 daqiqa o‘qiladi

“Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” I yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi

Foto: Slava Stepanov

26-30 avgust kunlari respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida I yoshlar festivali o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan mamlakatimiz yoshlarini buyuk ajdodlarimizga munosib avlod qilib tarbiyalash, ularda vatanga sadoqat, ilm-fanga muhabbat, ustozlarga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, iqtidorli yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish hamda keksa avlod bilan yoshlar o‘rtasida doimiy muloqot o‘rnatilishiga erishish maqsadida o‘tkazilayotgan festival joylarda quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi: 

26 avgustda Navoiy, Buxoro, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

27 avgustda Xorazm, Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida;

28 avgustda Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;

29 avgustda Toshkent shahrida. 

Festival davomida Prezidentimizning 5 ta tashabbusi asosida sport musobaqalari, kitob-savdo yarmarkalari, yosh tadbirkorlar mahsulotlari ko‘rgazmalari, faxriy o‘qituvchilar, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar, “Robototexniklar tanlovi” hamda bir-biridan qiziqarli boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi barcha yoshlarni festivalda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid