O‘zbekiston | 15:07 / 24.08.2019
28476
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Oqibjon Inomov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, shu kungacha Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oqibjon Inomov viloyat hokimining 2019 yil 20 avgustdagi 592-sonli qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Oqibjon Inomov

Oqibjon Odiljonovich Inomov 1984 yil 3 iyulda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini viloyat Statistika boshqarmasida boshlagan. 2006 yildan 2016 yilga qadar viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida faoliyat olib borgan, 2014-2016 yillarda boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

Oqibjon Inamov 2017-2018 yillarda viloyat hokimligining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, so‘ngra viloyat Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Mavzuga oid