Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda davlat yer inspektori lavozimi joriy etiladi
“Yer resurslaridan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini o‘rnatishda avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda ta'sirchan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining respublikaning barcha tuman va shahar ma'muriy-hududiy birliklarida davlat yer inspektori shtatlarini to‘liq joriy etish yuzasidan:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga budjetdan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 32 ta tuman va shahar bo‘limlariga bo‘lim boshlig‘i, bosh davlat inspektori shtat birliklarini joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha jami 1093 ta, shundan 95 foizini qo‘mitaning tuman va shahar bo‘limlariga muhandis-yer tuzuvchi (davlat inspektori) shtat birliklarini joriy etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish sho‘'balari boshliqlariga boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari maqomi berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarning shtat jadvallariga 2019 yilning to‘rtinchi choragidan boshlab budjetdan saqlanadigan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, uning hududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Ma'muriy sudlar tomonidan yerga oid ma'muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma'muriy jarimalardan tushadigan mablag‘larning 10 foizi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga, 30 foizi Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasiga, qolgan 60 foizi davlat budjetiga undirilishi belgilanadi.
Shuningdek, o‘tkazilgan tuproq tadqiqotlari natijalariga asosan yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproq unumdorligi (ball boniteti) oshirilganligi aniqlanganda ularga nisbatan belgilangan yer solig‘ini 3 yil davomida oldingi stavkada to‘lash huquqi beriladi, tuproq unumdorligi tushganligi aniqlanganda ularga nisbatan belgilangan joriy yil soliq davri uchun yer solig‘i stavkasining xar bir kamaytirilgan ball uchun o‘n foiz oshirilgan miqdori qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi va tomorqa yerlarida yerning unumdor qatlamini ruxsatsiz sidirib olingan yoki noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilganda yerning ustki unumdor qatlami olinmasdan foydalanilgan hollarda yetkazilgan zarar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun hisoblanadigan to‘lov miqdori qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligini hisoblash tartibi asosida hisoblanadi. Hisoblangan zarar miqdorining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga, 50 foizi qo‘mitaning Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan:
undirilgan ma'muriy jarimalar summasining 10 foizi qo‘mita tizimidagi muhandis-yer tuzuvchi (davlat inspektori)ni har oylik mukofotlash uchun foydalanishga;
davlat inspektori lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) qo‘llashga;
o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek alohida muhim va mas'uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlashga;
ko‘p yillik hamda bekam-u ko‘st xizmati (mehnati) uchun yubiley sanalari va pensiyaga chiqishi munosabati bilan xodim lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 3 baravari miqdorigacha mukofotlashga;
bayram sanalar munosabati bilan xodim lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 1 baravari miqdorigacha mukofotlashga;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi oylik to‘lovlar to‘lashga;
yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar (xizmat avtotransport vositasi biriktirilgan xodimlar bundan mustasno) to‘lashga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida moddiy yordam to‘lashga;
xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlarning lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizi miqdorigacha har oylik ustamalar qo‘llashga;
yer resurslarini muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida yerga oid qonunbuzilishlar to‘g‘risida maxsus vakolatli organlarni o‘z vaqtida aniq va ishonchli ma'lumotlar bilan xabardor etgan fuqarolarni eng kam ish haqining bir barobaridan uch barobarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirishga ruxsat beriladi.
Belgilanishicha:
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni ko‘rib chiqish jarayonlari “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuritiladi.
Bundan oldin, “Yergeodezkadastr”ga ma'muriy huquqbuzarlikka oid ayrim ishlarni ko‘rib chiqish huquqi berilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:40 / 06.04.2026