“Yer resurslaridan samarali foydalaniş va uni muhofaza qiliş ustidan davlat nazoratini örnatişda avtomatlaştirilgan axborot tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, yer resurslarini muhofazasiga oid amaliyot tahlili uşbu sohada bir qator tizimli muammo va kamçiliklar mavjudligini körsatgan, xususan:

birinçidan, yer resurslarini muhofazasiga oid amaldagi qonunçilik normalarida vakolatli davlat organlarining huquqlaridan samarali foydalanişga tösqinlik qiluvçi huquqiy böşliqlar mavjudligi jumladan, yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sodir etilgan yerga oid ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni maxsus vakolatli organlar tomonidan töğridan-töğri körib çiqiş mexanizmi mavjud emasligi;

ikkinçidan, yerga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ortiqça qoğozbozlik va hisobotbozlikka çek qöyilmaganligi, yerlarni muhofaza qilişning ta'sirçan mexanizmini qöllaş imkoniyatining çeklanganligi, yer qonunbuzilişlarni uzoq muddatda körib çiqilişi tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarni ortiqça ovoragarçiligiga, ayrim uşbu bilan boğliq jarayonlarda korrupsion holatlar kelib çiqişiga, yerga oid qonunbuzilişlarni köplab va takroran sodir etilişiga, oxir oqibat özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari qonuniy yerdan foydalanuvçisiga qaytarilmasdan qolib ketayotganligi;

uçinçidan, yerlardan foydalaniş va ularni muhofaza qilişni nazorat qiliş böyiça maxsus vakolatli organ - Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining davlat yer inspektori ştat birligida faoliyat körsatayotgan xodimlar sonini çeklanganligi, hattoki ayrim tuman va şaharlarda esa davlat yer inspektori ştatlari umuman mavjud emasligi, natijada uşbu hududlarda yer nazoratini taşkil etiş imkoni bölmayotganligi;

törtinçidan, yer resurslarini muhofaza qilişda rağbatlantiruvçi normalar va jamoatçilik ta'sir çoralarining mavjud emasligi, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş, şuningdek fuqarolarga yerlardan foydalaniş va ularni muhofaza qilişda yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdiriş borasidagi tarğibot-taşviqot işlarining yetarli darajada emasligi;

beşinçidan, yerdan foydalanuvçilar tomonidan tuproq unumdorligini oşirganligi uçun rağbatlantiriş yoki aksinça tuşirib yuborganlik uçun ta'sirçan çoralarni qöllaş mexanizmining mavjud emasligi;

oltinçidan, yerga oid qonun buzilişlar, ularni bartaraf etiş haqidagi ma'lumotlarni hamda aybdor şaxslarni javobgarlik masalasini körib çiqişda tezkorlik va oçiqlikni ta'minlovçi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş işlari qoniqarsiz darajada ekanligi.