Jahon | 23:47 / 27.08.2019
8366
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiyaning birinchi prezidenti vafot etdi

Mustaqil Gambiyaning birinchi prezidenti, mamlakatni 20 yildan ko‘proq boshqargan Dovud Kayraba Javara 96 yoshida vafot etdi.

“Biz sobiq prezident Dovud K.Jafaraning hayotni tark etgani haqidagi xabarni qayg‘u bilan eshitdik. Uning vafoti millatimiz, jumladan butun insoniyat uchun ham katta yo‘qotishdir”, deb xabar qilgan Gambiyaning amaldagi prezidenti Adama Barrou. 

Gambiya prezidenti lavozimi 1970 yilda tashkil etilgan. Bungacha mamlakat rahbari lavozimini Britaniya monarxi bajargan. Javara esa bungacha bosh vazir lavozimini egallagan.

U bir necha marotaba Gambiya prezidenti etib qayta saylangan, biroq 1994 yil iyulida bir guruh askarlar tomonidan chetlatilgan. Sobiq prezident mamlakatdan chiqarib yuborilgan va Londonda yashagan. 2002 yilda u siyosiy faoliyat bilan boshqa shug‘ullanmaslikka rozi bo‘lib, o‘z vataniga qaytgan.

Mavzuga oid