Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:19 / 25.01.2017
3287
1 daqiqa o‘qiladi
Gambiyada favqulodda vaziyat tartibi bekor qilindi
Foto: AP Photo/ Jason Florio
Gambiya parlamenti mamlakatda kiritilgan favqulodda vaziyat tartibini bekor qilishga ovoz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Avvalroq mamlakatning sobiq prezidenti Yahyo Jamme o‘z vakolati tugashiga bir kun qolganda butun mamlakat bo‘ylab favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilgani ma'lum qilingandi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Gambiyaning yangi prezidenti Adam Barrou o‘zining inauguratsiyasi o‘tgan qo‘shni Senegaldan hali qaytib kelmagan, uning yaqin kunlarda qaytishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish