Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hokimlar yer uchastkasi bo‘yicha yana bir vakolatidan mahrum bo‘ldi
Illyustrativ foto
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arixitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qarorga muvofiq 2019 yil 1 oktyabrdan:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkalari bo‘yicha ma'lumotlarni kiritish “Davergeokadastr” organlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi;
yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) u bo‘yicha xulosalar berish vakolatli tashkilotlar tomonidan faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi;
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi tasdiqlangan minimal qiymati asosida “Davergeokadastr” organlari tomonidan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng 5 kun ichida aniqlanadi;
yer uchastkasi “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionga uchastkaning boshlang‘ich narxi aniqlangandan so‘ng qo‘shimcha qaror qabul qilinmasdan joylashtiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, hokimlarning auksion g‘olibi nomiga yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
qurilish obektlarining shaharsozlik hujjatlarini majburiy ekspertiza qilish talab etilmaydi.
Auksion g‘olibi bo‘lgan shaxsning aybi bo‘lmaganda ma'muriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
13:39 / 30.01.2026