Özbekistonda hokimlarning yer uçastkalariga oid vakolatlaridan biri olib qöyiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.
Xususan, 2020 yil 1 yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini olib qöyiş va bir fermer xöjaligidan boşqasiga ötkaziş, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslar egaligida bölgan, ular foydalanadigan va mulki bölgan yer uçastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uçun olib qöyiş böyiça vakolatlari tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga beriladi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 1 martdan kuçga kiradigan “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan.












