Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paulo Koelo Braziliya prezidentining so‘zlari uchun fransuzlardan uzr so‘radi
Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruning Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga qarata aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi.
Bolsonaru o‘tgan haftada Makronni mustamlakachilikda va Amazoniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam berish bahonasida siyosiy maqsadlarni ko‘zlayotganlikda ayblagandi.
"Fransuz do‘stlarimdan yuzaga kelgan inqiroz, aytishim mumkinki, Bolsonaruning Fransiyaga, Fransiya prezidenti va uning rafiqasiga nisbatan jazavasi uchun uzr so‘rayman. Meni kechiringlar, ming bor uzr", - dedi Koelo Twitter sahifasida joylashtirgan videomurojaatida.
Makronning o‘zi Braziliya prezidentining so‘zlari uchun afsusda ekanligini bildirdi. U "Braziliya xalqini judayam hurmat qilishini va bu xalq o‘zini tutishi yuqori bo‘lgan prezidentga munosib" ekanligini qo‘shib qo‘ydi.