Liviyaning şarqidagi hukumatga böysunuvçi Liviya milliy armiyasi bölinmasi dunyoviy turmuş tarzini tarğib qiluvçi Ğarb va Yaqin Şarq yozuvçilarining önlab kitoblarini musodara qildi.
Bu haqda tvitterda braziliyalik maşhur yozuvçi Paulo Koelo ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga köra, taqiqlov ostiga nafaqat uning asarlari, balki amerikalik Den Braun, faylasuf Fridrix Nitsşe, Nobel mukofoti sovrindori, misrlik Nagib Mahfuz asarlari tuşdi. "Men Braziliya elçixonasi bilan boğlanmoqdaman. Ular unça köp narsa qilişa olmaydi, biroq men kitoblarimni yoqişayotganiga çidab tura olmayman", deb yozgan Koelo liviyalik jurnalistlar bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda. Biroq kitoblar yoqilgani haqidagi xabarlar boşqa manbalardan olinmagan.
Koelo yerda çangda yotgan kitoblar suratini ham çop etgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, uşbu holat Tobrukdan Bengaziga kitoblar olib ketilayotganda yuz bergan. Kitoblar sotuvga çiqarilişi kerak bölgan.












