Jahon | 19:32 / 27.08.2019
12709
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Turkiyaga S-400’ning 2-divizionini yetkazishni boshladi 

Foto: Mixail Metsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 avgustda Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasining yana bitta divizioni yetkazib berila boshlanganini ma'lum qildi. 

“Bugun ertalabdan yana bitta majmua yetkazib berila boshlandi”, deb aytgan Putin MAKS aviasalonida unga hamrohlik qilgan Turkiya prezidentiga yuzlanib. 

S-400’ning 2-divizoni qismlari ortilgan transport samolyoti Anqaradagi Murted aviabazasiga qo‘ngan. Majmuaning yetkazilishi bir oy vaqt oladi.

Avvalroq xabar qilinganidek, Turkiya kuniga majmua qismlari ortilgan 2 tadan samolyot qabul qiladi.

2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400’lar yetkazilishi bo‘yicha shartnoma imzolangani ma'lum qilingan. Anqara 2,5 mlrd dollarlik shartnoma doirasida polk majmuasi (2 ta divizion) oladi. 

S-400 majmuasi 1-divizioni qismlarining Turkiyaga yetkazilishi 12-25 iyul kunlari amalga oshirilgan. 30 ta harbiy-transport samolyoti majmua qismlarini Murted aviabazasiga yetkazgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid