Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsustrans» sayti orqali aholi murojaatlarini qabul qila boshladi
«Maxsustrans»ning yangilangan maxsustrans.uz veb sayti ishga tushirildi.
Yangi saytga dastlabki bosqichda ma'lumotlar faqat ikki til — rus va o‘zbek tilida joylanadi. Saytning “Maxsustrans” xizmatidan foydalanadigan aholi uchun imkoniyatlari ortgan.
Ko‘rinish jihatdan ham sayt mutlaqo yangi dizaynga ega. Endilikda fuqarolar mazkur saytdan nafaqat kompaniya hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma'lumot olishi mumkin, balki unga o‘zini qiynayotgan savollarni yozib qoldirishi mumkin.
Aytaylik, uyi oldida doimiy ravishda chiqindi to‘planib qolmoqda yoxud qurilishdan so‘ng qurilish chiqindilarini qayerga olib chiqishni bilmayotgan fuqarolar saytdagi forum orqali o‘zini qiziqtirayotgan murojaat va savolni qoldirishi mumkin, mazkur murojaat tez fursatda korxona mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda javob qaytariladi.
Forumda shuningdek boshqa fuqarolar tomonidan qoldirilgan savollar va uning javoblari bilan ham tanishish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek saytda sohaga doir so‘nggi qaror va loyihalar ham o‘rin oladi. Hozirda veb-saytning ingliz tilidagi talqini ham ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 12.02.2026
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
11:52 / 16.08.2025
“Maxsustrans” ahvoli juda yomon – korxona 45 mlrd so‘m zararda” – Toshkent shahar hokimi
16:42 / 20.07.2024
Toshkentdagi 75 ta mahalladan chiqindilarni olib ketish xizmati “Maxsustrans”ga qaytariladi
12:44 / 15.02.2023