Bundan taşqari, yana 65 ta mahallaga xizmat körsatadigan korxonalar bilan bitim muddati 6 oy muddatga sinov tariqasida uzaytiriladi.
Bu haqda Toşkent şahar hokimining qarori qabul qilindi.
Sanitar xizmat körsatuvçi muqobil korxonalar bilan DXŞ bitimlari 2019 yil fevralida, 5 yil muddatga tuzilgan.
Bitim muddati uzaytirilmaydigan korxonalar tomonidan xizmat körsatib kelingan mahallalar “Maxsustrans-IÇB” DUKga topşiriladi.
Bunday korxonalarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari billing tizimi bilan taqqoslanib, haqqoniyligiga aniqlik kiritiladi. Ularning boşqaruviga berilgan moddiy boyliklar va yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklar xatlov natijalariga köra davlat tomonidan qayta qabul qilib olinadi.












