14 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev çiqindilarni qayta işlaş tizimini takomillaştiriş masalalari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqovga köra, “Maxsustrans”ning moliyaviy ahvoli juda yomon – korxona 2022-2023 yillarda 45 mlrd söm zarar bilan çiqqan. U bu haqda Özbekiston-24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Şu tufayli mahallalarda bir-ikki kunlab çiqindi qolib ketarkan. Umuman, çiqindi soladigan urnalar yetarli emas ekan. Buning yeçimi – raqamlaştiriş. Hammasini raqamlaştirdik. Test rejimida Olmazor tumanidan boşladik, 1 sentabrdan şahar böyiça hammasini joriy qilamiz. Buning oqibatida 3 mlrd sömlik yoqilği tejaladi. Yana texnikalar oldik, haydovçilarning oyligini 4 mln sömdan 8 mln sömgaça kötardik. Qariyb 30 foizga yaqin çiqindini olib çiqib ketiş imkoniyati paydo böldi. Texnikalar töğri boşqaruvini yölga qöyganimiz uçun tungi smenalar ham joriy qilindi”, - dedi şahar hokimi.

Uning ta’kidlaşiça, çiqindi maşinalarining köçaga çiqib yiğib ketiş vaqti özgartirilgan – maşinalar ertalab odamlar işga çiqib ketgunça çiqindini yiğib ketadi, bu texnikalar tirbandlikda qolib ketmay qatnov oşişiga yordam beryapti.

Şavkat Umrzoqov “Maxsustrans”ning moliyaviy ahvoli yaxşilanganidan keyin 4800 ta çiqindi yiğiş şoxobçasi işga tuşişini qöşimça qildi. Şuningdek, hokim quriliş çiqindilari eng katta muammo ekanini ta’kidladi.

“Toşkentda kuniga 5-6 ming tonnaga yaqin quriliş materiallari çiqindisi çiqadi. Uning poligoni şahardan uzoqda, şu sababli hozir quriliş çiqindilarini qayta işlaş zavodini taşkil qiliş böyiça prezidentimiz topşiriq berdilar. Quriliş materiallaridan ikkilamçi taxta va temir materiallari çiqadi”, - dedi u.

Avvalroq, prezident huzuridagi taqdimotda mahallada çiqindi texnikasining keliş vaqtini onlayn köriş imkoniyatini yaratiş borasida topşiriq berilgani ma’lum qilingandi.

Bundan taşqari, ijtimoiy muassasalar va mahallalarni çiqindi konteynerlari bilan töliq ta’minlaş böyiça ikki yillik dastur işlab çiqilişi belgilangan.