Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik aktyor 100 kg vazn tashlagach tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi
Taniqli rossiyalik aktyor Aleksandr Semchev o‘z salomatligini nazoratga olib, 100 kg vazn tashlagach, tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.
Avval 50 yoshli aktyorning vazni 190 kgni tashkil qilgan, biroq endi u deyarli 2 marta kamroq “tosh bosmoqda”. Aktyor semizlik muammosi va parhez bilan shifokorlar kuzatuvi ostidagina shug‘ullanish kerakligini tavsiya qilgan.

“Parhezshunoslar va endokrinologlar yordam berishi mumkin. Har kimda ortiqcha vazn hosil bo‘lishi o‘ziga xosdir”, deb aytgan Semchev va ozish qarori ongli va mustaqil ravishda qabul qilingandagina yordam so‘rab murojaat qilish kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

Teletomoshabinlar ancha oriqlab ketgan aktyorda o‘z yoqimtoylarini bazo‘r tanishgan. “Qoyil! Tasmani varaqlab turib, e'tibor bermapman. Hozir yana ko‘zim tushib, bu kimligini endigina fahmladim”, “Qoyil-ey, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaripti, shavvoz”, “Mana buni iroda desa bo‘ladi, maqtovga loyiq” degan izohlar bildirilgan.


Mavzuga oid
08:30 / 02.11.2024
Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi
07:33 / 03.01.2024
Ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda
19:02 / 14.11.2018
Rossiyaning eng baqaloq aktyori qanday qilib 40 kilo vazn tashlaganini aytdi
20:01 / 05.11.2018