Vazirlar Mahkamasining «Avtomobil yöllari böylab katta hajmli va oğir vaznli avtotransport vositalarining harakatlaniş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra:
- avtomobil yöllarida vazn va hajm parametrlari nazorati böyiça zamonaviy ölçov vositalari bilan jihozlangan statsionar va köçma şoxobçalar örnatilib, ularni işlatişga xususiy sektor jalb qilinadi;
- şoxobçalar auksion orqali tadbirkorlik sub’yektlariga 20 yil muddatga ijara asosida va boşqa şaxslarga ötkaziş xuquqi bilan beriladi.
Qaror bilan Avtomobil yöllarida oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar va köçma şoxobçalarni tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Elektron onlayn auksion savdolariga qöyiş uçun ölçov-nazorat şoxobçalari örnatiladigan joylarning minimal qiymati (boşlanğiç narxi):
- xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöllarida – BHMning 50 baravari;
- davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllarida – BHMning 40 baravari;
- mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllarida – BHMning 30 baravari miqdorida belgilanadi.
Dastlabki ikki yil davomida mazkur şoxobçalar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uçun jarimalar summasidan tuşgan mablağlarning 40 foizi tadbirkorlik sub’yektlari hisobiga yönaltiriladi. Keyinçalik uşbu summa 30 foizni taşkil etadi.








