Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya sudi "Samsung merosxo‘ri" ishini qayta ko‘rishga yubordi
Foto: Bloomberg
Janubiy Koreya oliy sudi Samsung Electronics vitse-prezidenti va rahbari Li Chje Yon ishini qayta ko‘rishga yubordi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
"2018 yil fevralda qabul qilingan qaror Janubiy Koreya oliy sudi yakuniy xulosasiga muvofiq qayta ko‘rib chiqiladi", - deyiladi agentlik xabarida.
2018 yilda Seul yuqori sudi Li Chje Yondan qator jiddiy ayblovlarni olib tashlagan va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ikki baravarga – 2,5 yilgacha qisqartirgandi. Shu tarzda Li Chje Yon qamoqda deyarli bir yil o‘tirganidan so‘ng ozodlikka chiqqandi.
"Samsung merosxo‘ri" ishi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xe atrofida yuzaga kelgan korrupsion mojaro bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
20:35 / 08.02.2026
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
21:06 / 29.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda yarim milliondan ko‘proq odam ma’muriy jazoga tortildi
12:24 / 18.01.2026