Jahon | 23:19 / 29.08.2019
16296
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya  Konstitutsiyasida Kim Chen In maqomi o‘zgartirildi

Shimoliy Koreya  konstitutsiyasining “Davlat apparati” deb nomlangan va davlat rahbari Kim Chen Inning vakolatlari belgilangan moddasiga tuzatishlar kiritildi.

Kim Chen Inga “butun koreys xalqining yakdil istagiga ko‘ra” Oliy xalq kengashi tomonidan saylanadigan oliy yetakchi maqomi berildi.

Tegishli o‘zgarishlar Shimoliy Koreya Oliy xalq kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Shuningdek, endi Kim Chen In kengash deputati etib saylanmasligi ham ta'kidlab o‘tilgan.

Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Kim ortidan Shimoliy Koreya partiya, davlat va qurolli kuchlar oliy rahbari maqomini mustahkamlaydi.

Mavzuga oid