Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada 42 mingdan ortiq kishi denge bezgagini yuqtirib oldi
Shri-Lankada joriy yilning sakkiz oyi davomida 42 mingdan ortiq denge bezgagi bilan og‘rish holatlari qayd etildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning bildirishicha, kasallikni yuqtirish holatlari eng ko‘p Kolombo okrugida qayd etilgan (8,8 ming kishi). Qayd etilishicha, virusdan 62 kishi vafot etgan.
2018 yilda Shri-Lankada 48 mingdan ortiq kishi denge bezgagiga chalingan, 50 kishi vafot etgandi.
Denge bezgagi subtropik va tropik iqlimli hududlarda uchraydigan yuqumli kasallik bo‘lib, Aedes aegypti chivinlari kasallik tarqatuvchilar hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025