Jahon | 21:36 / 29.08.2019
5512
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Afg‘onistonda 8,6 mingdan kamroq amerikalik harbiy qoldiriladi  

AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” harakati vakillari bilan maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra Afg‘onistonda 8,6 mingdan kamroq amerikalik harbiy qoldirilishini ma'lum qildi. Tramp bu haqda Fox telekompaniyasi boshlovchisiga intervyuda aytib o‘tgan. 

“Biz qo‘shinlar sonini 8,6 minggacha kamaytiramiz, so‘ngra keyin nima qilishni hal qilamiz”, deb aytgan Tramp. AQSh prezidentining ta'kidlashicha, Afg‘onistonda AQSh razvedka xizmatlari doimiy qolishi kerak.

Afg‘onistondagi harbiy operatsiya 2001 yil oktyabridan beri 17 yildan ko‘proq davom etmoqda. Operatsiyaning avji vaqtida (2012-2013 yillar) Afg‘onistonda g‘arb davlatlari qo‘shinlari soni 150 ming kishidan oshgan. AQSh va NATOning asosiy jangovar kuchlari Afg‘onistondan 2014 yilda olib chiqilgan, hozir mamlakatda NATOning 14 ming kishilik instruktor va maslahatchilar missiyasi qolmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid