Jamiyat | 15:20 / 30.08.2019
8397
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Qishloq qurilish bank» aksiyasi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  qarori va «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda kobeydjing kartalarini muomalaga chiqarish loyihasi ishlab chiqildi.

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq  qurilish bank» tomonidan  yuqoridagi qarorlar va ularni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil mart oyidan boshlab Uzcard va UnionPay to‘lov tizimlarini o‘zida mujassamlashtirgan kobeydjing kartochkalarini muomalaga chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, «Qishloq qurilish bank» aholi orasida kobeydjing kartochkalari haqidagi ma'lumotlarni va bank xizmatlarini targ‘ib qilish maqsadida va bank tashkil qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan  2019 yilning 25 iyuldan 25 avgustgacha maxsus aksiya e'lon qilgan edi. Aksiya doirasida kobeydjing plastik kartalari foydalanuvchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

«Qishloq qurilish bank» tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab jami 15 000 dona kobeydjing plastik kartalarini emissiya qilingan bo‘lib, e'lon qilingan aksiya doirasida esa jami 5 000 dona kobeydjing kartalari muomalaga chiqarildi.

2019 yilning 29 avgust kuni aksiya tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Aksiya shartlariga ko‘ra tanlovda karta hisobini kamida 100 ming so‘mga to‘ldirgan hamda 100 ming  so‘m va undan yuqori summaga to‘lovni amalga oshirgan «Qishloq qurilish bank» kobeydjing (UPI) kartasi egalari – jami 7192 nafar ishtirokchi qatnashdi.

G‘olib va sorindorlar Random.org xizmati yordamida aniqlandi.

Tanlov bosh sovrini – «Dubayga ikki kishilik sayohat» yo‘llanmasi bankning Sariosiyo filiali mijozi Ma'rufjon Mirzayev, Kogon filiali mijozi Muhabbat Bagirova va Xonqa filiali mijozi Sadoqat Jumanazarovalarga nasib etdi. Aksiyaning 59 nafar sovrindorlari esa qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kobeydjing kartasi O‘zbekistonda, shuningdek, 170 ta mamlakatda va UnionPay infratuzilmasi mintaqalarida to‘lov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalarini, shuningdek, yangi kobeydjing kartalarini to‘lovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud.

Kobeydjing kartalari orqali to‘lovlarni O‘zbekiston hududida milliy valuta so‘mda, chet el mamlakatlarida chet el valutasida to‘lov terminallar va bankomatlar orqali qabul qilinadi.

Kobeydjing kartasi («co badge» –  ingliz tilidan qisqartirilganda «company badge» – belgilar guruhi) – bu ikki va undan ortiq to‘lov tizimlarning bir plastik kartasida birlashishi.

Kobeydjing kartalarining afzalliklari:

  • Bir necha to‘lov tizimlardan to‘lov infrastrukturasida foydalanish;
  • Plastik kartadan o‘z davlatidan tashqarida ham foydalanish imkoniyati mavjudligi;
  • Agar chet el to‘lov tizimi yashab turgan joyda ishlatilmay qolsa, karta egasi mahalliy to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishi;
  • To‘lov tizimlarning raqobatbardoshlik darajasi oshib borishi;
  • Karta egasida yagona karta orqali, taklif qilinayotgan to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatining paydo bo‘lishi.

«Qishloq qurilish bank» tomonidan  xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan bu kabi aksiyalar o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Murojaat uchun telefon: (+99878) 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid