Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori va «Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan UnionPay International xalqaro tölov tizimi bilan hamkorlikda kobeydjing kartalarini muomalaga çiqariş loyihasi işlab çiqildi.
Aksiyadorlik-tijorat «Qişloq quriliş bank» tomonidan yuqoridagi qarorlar va ularni amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida 2019 yil mart oyidan boşlab Uzcard va UnionPay tölov tizimlarini özida mujassamlaştirgan kobeydjing kartoçkalarini muomalaga çiqariş yölga qöyildi.
Şuningdek, «Qişloq quriliş bank» aholi orasida kobeydjing kartoçkalari haqidagi ma'lumotlarni va bank xizmatlarini tarğib qiliş maqsadida va bank taşkil qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 2019 yilning 25 iyuldan 25 avgustgaça maxsus aksiya e'lon qilgan edi. Aksiya doirasida kobeydjing plastik kartalari foydalanuvçilari örtasida körik-tanlov ötkazildi.
«Qişloq quriliş bank» tomonidan joriy yilning mart oyidan boşlab jami 15 000 dona kobeydjing plastik kartalarini emissiya qilingan bölib, e'lon qilingan aksiya doirasida esa jami 5 000 dona kobeydjing kartalari muomalaga çiqarildi.


2019 yilning 29 avgust kuni aksiya tanlovining ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Aksiya şartlariga köra tanlovda karta hisobini kamida 100 ming sömga töldirgan hamda 100 ming söm va undan yuqori summaga tölovni amalga oşirgan «Qişloq quriliş bank» kobeydjing (UPI) kartasi egalari – jami 7192 nafar iştirokçi qatnaşdi.
Ğolib va sorindorlar Random.org xizmati yordamida aniqlandi.
Tanlov boş sovrini – «Dubayga ikki kişilik sayohat» yöllanmasi bankning Sariosiyo filiali mijozi Ma'rufjon Mirzayev, Kogon filiali mijozi Muhabbat Bagirova va Xonqa filiali mijozi Sadoqat Jumanazarovalarga nasib etdi. Aksiyaning 59 nafar sovrindorlari esa qimmatbaho va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.


Kobeydjing kartasi Özbekistonda, şuningdek, 170 ta mamlakatda va UnionPay infratuzilmasi mintaqalarida tölov uçun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalarini, şuningdek, yangi kobeydjing kartalarini tölovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud.
Kobeydjing kartalari orqali tölovlarni Özbekiston hududida milliy valuta sömda, çet el mamlakatlarida çet el valutasida tölov terminallar va bankomatlar orqali qabul qilinadi.
Kobeydjing kartasi («co badge» – ingliz tilidan qisqartirilganda «company badge» – belgilar guruhi) – bu ikki va undan ortiq tölov tizimlarning bir plastik kartasida birlaşişi.
Kobeydjing kartalarining afzalliklari:
- Bir neça tölov tizimlardan tölov infrastrukturasida foydalaniş;
- Plastik kartadan öz davlatidan taşqarida ham foydalaniş imkoniyati mavjudligi;
- Agar çet el tölov tizimi yaşab turgan joyda işlatilmay qolsa, karta egasi mahalliy tölov tizimi orqali tölovlarni amalga oşirişi;
- Tölov tizimlarning raqobatbardoşlik darajasi oşib borişi;
- Karta egasida yagona karta orqali, taklif qilinayotgan tölov tizimlaridan foydalaniş imkoniyatining paydo bölişi.
«Qişloq quriliş bank» tomonidan xizmatlar ommabopligini oşirişga qaratilgan bu kabi aksiyalar ötkazib borilişi rejalaştirilgan.
Murojaat uçun telefon: (+99878) 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: t.me/QQBank
Facebook: fb.com/official.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida











