Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamani qabul qildi.
Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib ola turib, vazir elchini yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi, unga samarali faoliyat ko‘rsatishini tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro anglashuvning yuqori darajasi, hamkorlikning joriy kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha qarashlarning mos kelishi va yondashuvlarining yaqinligi e'tirof etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligi hamda mazkur yo‘nalishdagi munosabatlarni kuchaytirishga o‘zaro qiziqishning borligi qayd etildi.
Uchrashuvda Yaponiyaga bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi. Rejalashtirilgan uchrashuvlar O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini faollashtirishga xizmat qilishiga va ikki tomonlama munosabatlarning butun kompleksiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
17:12 / 20.12.2025