Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har qanday samolyotni boshqara oladigan robot yaratildi
Amerikaning DZYNE Technologies kompaniyasi har qanday samolyotni boshqara oladigan robotni ishlab chiqdi.
ROBOpilot deb nomlanuvchi bu robot samolyotni boshqarishi uchun u uchuvchi o‘rindig‘iga joylashtiriladi hamda qo‘l-oyoqlari boshqaruv ruli va pedallarga qo‘yiladi. Robot boshqaruv panelini kompyuterlashgan nigohi orqali ko‘radi, belgilangan yo‘nalishni saqlaydi va hech kimning yordamisiz samolyotni qo‘ndiradi.
9 avgust kuni ROBOpilot AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, u yana bir sinov topshirdi va xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo xatoning qanchalik jiddiy ekanligi ma'lum qilinmagan.
Robot narxi qancha turishi noma'lum, lekin u avtonom samolyot ishlab chiqarishdan ko‘ra ancha arzonga tushishi aniq.
Mavzuga oid
18:04 / 03.11.2025
Ayfon narxiga “aqlli it”: Xitoyda Rover X1 robot iti taqdim etildi
20:50 / 15.08.2025
O‘zbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi
23:09 / 04.08.2021
BAAda robot-politsiyachi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
12:23 / 16.07.2019