Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Keylor Navas transferini e'lon qildi
«Real» darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
«PSJ» klubi o‘z saytida kostarikalik posbon transferini e'lon qildi.
Avvalroq Marca nashri Parij klubining 32 yoshli darvozabon uchun 13 mln yevro to‘lashi haqidagi xabarni tarqatgan edi.
Navas «Real»ga 2014 yil yozida «Levante»dan 10 mln yevroga o‘tgan. Bu mavsumda darvozabon maydonga tushmadi. Uning «qaymoqranglilar» bilan tuzgan shartnomasi muddati keyingi yil yozida tugaydi. Navas Madrid klubidagi 5 yillik faoliyati davomida 12ta sovringa ega chiqqan, shulardan 3tasi YeChL g‘olibligidir.
Mavzuga oid
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:28 / 02.10.2025
«Barsa» yutqazdi, «Siti» ochko yo‘qotdi. YeChLda 2-tur o‘yinlari
10:34 / 18.09.2025