Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya S-400 majmuasidan yana sotib olishi mumkinligini aytdi
Anqara Moskvadan S-400 zenit-raketa majmuasidan ko‘proq sotib olishi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Bled shahrida o‘tgan strategik forumda ma'lum qildi.
“Bugun bizga o‘zimiz ishlab chiqara olmaydigan tizimlardan ko‘proq kerak. Agar biz AQShdan sotib ololsak, Patriot majmuasini sotib olamiz. Sotib ololmasak, unda S-400’dan yana sotib olamiz. Biz mustaqil davlatmiz”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
S-400’ning birinchi batareyasi Turkiyaga yetkazilishi iyulda boshlangan. Moskva sentabr oxirigacha Anqaraga ikkinchi batareyani yetkazib beradi.
AQSh Turkiyadan S-400’larni sotib olishdan bosh tortishni va ular o‘rniga Patriot majmualarini sotib olishni talab qilgan. Aks holda Vashington Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlari sotilishi bekor qilinishi yoki kechiktirilishi mumkinligini aytgan. Turkiya yon bosishlarga bormagan.
Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri forumda Moskva va Anqara Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlari xaridi bo‘yicha ayni vaqtda muzokaralar olib bormayotganini ma'lum qilgan. “Yo‘q. Hozir biz F-35’ni ishlab chiqarish dasturining bir qismi hisoblanamiz”, deb javob qilgan Chovusho‘g‘lu tegishli savolga.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskva viloyatida o‘tgan MAKS-2019 aviasaloniga tashrif buyurganda Su-35 va Su-37’lar bilan qiziqib qolgani ma'lum qilingandi. Keyinroq Erdo‘g‘an Turkiya va Rossiya Su-57’lar yetkazib berilishi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026