Jamiyat | 08:24 / 03.09.2019
6623
2 daqiqa o‘qiladi

Xivadagi uyda yirik yong‘in yuz berdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 2 sentabr kuni soat 03:28da Xorazm viloyati Xiva tumani “Varangzon” MFY Mevazor ko‘chasi 34-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish  bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 03:41da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km) vaqtda uyning tomi va ichki qismi quyuq tutun aralash ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:53da qurshab olinib, soat 04:45da o‘chirilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 280 kv.metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid