Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID va «Tolibon»ning 150 jangarisi afg‘on harbiylariga taslim bo‘ldi
Afg‘onistonning Kunar viloyatida radikal harakatlarning kamida 150 jangarisi hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, taslim bo‘lgan jangarilar orasida «Tolibon»ning 110 a'zosi va IShIDning 40 a'zosi bor. Jangarilar zo‘ravonlikdan voz kechib, qurol tashlab, hukumatga taslim bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, viloyat rahbariyati, xavfsizlik xizmatlari vakillari va qabilalar boshliqlari jangarilarning ushbu qarorini qutlashgan. Ular jangarilarning zo‘ravonlikdan voz kechishi yarashuv va ixtiloflarni hal qilish jarayonidagi muhim qadamligini aytib o‘tishgan.
Jangarilar yengil va og‘ir qurollarni topshirishgan.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:22 / 03.04.2026