O‘zbekiston Tojikistonga qancha gaz yetkazib bergani ma'lum bo‘ldi
Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining har oylik hisobotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Tojikiston O‘zbekistondan 9 million dollarlik tabiiy gaz oldi. Shu yilning yetti oyi davomida O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning umumiy hajmi qariyb 71,8 million kub metrni tashkil etdi.
Tojikiston Statistika idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistondan 9,8 million dollarlik tabiiy gaz import qilingan.
Hozirgi kunda Tojikistonda o‘zbek gazining iste'molchilari asosan sanoat korxonalari hisoblanadi.
«Gaz yetkazib berish olti yildan ko‘proq vaqt davomida to‘xtatib qo‘yilganligi sababli, biz mamlakat ichidagi infratuzilmani tiklash va yetkazib berishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak», - deya ta'kidlab o‘tishgan «Tojiktransgaz» kompaniyasidan.
O‘tgan yilning aprel oyi boshida olti yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston tabiiy gazi Tojikistonga yetkazib berila boshlandi, deb xabar qilmoqda Aziya-Plyus.
O‘zbekiston «ko‘k yoqilg‘isi»ning asosiy iste'molchisi Tojikiston alyuminiy kompaniyasi bo‘lib, u umumiy hajmning qariyb 80 foizini oladi.
Mavzuga oid
12:03 / 26.09.2024
O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
13:30 / 20.09.2024
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
11:16 / 12.09.2024
Yevroittifoq Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyor
22:34 / 11.09.2024