O‘zbekiston | 15:17 / 05.09.2019
7611
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir yog‘-moy korxonasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi

Foto: uzpaxtayog.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi “Asaka yog‘-moy”dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilayotgani haqida xabar berdi.

O‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi korxona 2019 yil 14 oktyabrdan “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi. Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi – 51,15 foiz.

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 2 206 166 (ikki million ikki yuz olti ming bir yuz oltmish olti) dona oddiy aksiya. Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 637 (olti yuz o‘ttiz yetti) so‘m, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 10 739 (o‘n ming yetti yuz o‘ttiz to‘qqiz) so‘m.

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi umumiy boshlang‘ich narxi – 23 692 016 674 (yigirma uch milliard olti yuz to‘qson ikki million o‘n olti ming olti yuz yetmish to‘rt) so‘m, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 2 747 463 810 (ikki milliard yetti yuz qirq yetti million to‘rt yuz oltmish uch ming sakkiz yuz o‘n) so‘m.

Bundan oldin, “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy”dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid