Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya kompaniyasi O‘zbekiston brendini xorijda targ‘ib qilishda yordam beradi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Fransiyaga tashrifi doirasida Interface Tourism Group prezidenti Gayel de La Porte hamda kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha direktori Juli Jyeffroy bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston brendini dastlab Fransiyada, keyin esa Yevropa miqyosida targ‘ib qilish masalasini muhokama qilishdi. Interface Tourism Group 20 yildan buyon Fransiya bozorida faoliyat yuritib, piar bilan shug‘ullanuvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Tomonlar O‘zbekistonni qanday va qaysi yo‘nalishlarda targ‘ib qilish kerakligi borasida so‘z yuritishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonning o‘ziga xos turistik salohiyatidan kelib chiqib, maksimal samara beruvchi takliflar berishiga kelishildi. Bunda mamlakatimizdagi turistik yo‘nalishlar, boy madaniy meros hamda fransiyalik turistlarning xohish-istaklari inobatga olinadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Interface Tourism Group O‘zbekiston bo‘yicha maxsus materiallar tayyorlash, maqsadli ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish, turli turistik ko‘ngilochar teledasturlar va maqolalar tayyorlash kabilarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli piar rejasini tuzib, O‘zbekistonga taqdim etishiga kelishildi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
09:25 / 03.07.2026