Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yozgi issiq 1,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Fransiyaning ijtimoiy masalalar va sog‘liqni saqlash vaziri Anes Byuzen Fransiyada yozda kuzatilgan anomal issiqlik 1,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Franceinfo nashri xabar berdi.
Vazirning aytishicha, 2019 yil yozida mamlakatda 18 kun davomida kuchli issiq havo kuzatilgan. Issiq havo 20 mln kishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.
Vazirning ma'lum qilishicha, vafot etganlarning yarmini 75 yoshdan kattalar tashkil qilgan. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2003 yilgidan ancha pastroqdir. O‘shanda issiq havodan 15 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026