Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva prokurori Navalniy, Sobol va boshqa muxolifatchilarni sudga berdi
Foto: facebook.com / Aleksey Navalnyy
Moskva prokurori korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) asoschisi Aleksey Navalniy, tashkilot yuristi Lyubov Sobol, deputat Ilya Yashin, FBK direktori Ivan Jdanov, Navalniyning YouTube-kanalidagi dastur boshlovchisi Vladimir Milov, fond xodimi Georgiy Alburov, Navalniyning shtabi koordinatori Oleg Stepanov va Moskvda davlat dumasi deputatligiga nomzodi o‘tmagan Aleksandr Solovevni sudga berdi.
Qayd etilishicha, da'vo arizasi 4 sentabr kuni Moskvaning Cheremushki rayoni sudida ro‘yxatga olingan. Ammo hozircha da'vo harakatsiz qoldirilgan.
Cheremushki sudi matbuot kotibi Irena Kozayevaning aytishicha, da'vo arizasida kamchiliklar bo‘lgani uchun harakatsiz qoldirilgan va sentabr oxiriga qadar qaytadan ariza berilishi mumkin.
Avvalroq muxolifatchilar ustidan «Mosgortrans», Moskva metropoliteni, «Avtomobilniye dorogi» boshqarmasi va «Ankor» MChJ («Armeniya» restorani) sudga ariza bergandi. Ular 27 iyul va 3 avgustda Moskvada o‘tkazilgan kelishilmagan aksiyalar uchun kompensatsiya talab qilmoqda. «Mosgortans», «Avtomobilniye dorogi» va «Armeniya» restorani 13 mln rubl, metropoliten esa 53,6 ming rubl to‘lanishini so‘ramoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022