Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Brexit masalasiga nuqta qo‘ydi
Foto: DPA
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvsiz Brexit’ni taqiqlovchi qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Qonun loyihasi shundan keyin kuchga kirdi. Endi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan 31 oktyabrda chiqishi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Brexit 3 oyga – 2020 yil 31 yanvarigacha qoldiriladi. Ta'kidlanishicha, bu qarorga Britaniya bosh vaziri Bori Jonson qarshi chiqmoqda.
Rasman Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan 2019 yil 29 martda chiqishi kerak edi. Biroq britaniyalik siyosatchilar bitim bo‘yicha murosaga kelisha olmagan, bu esa hukumat inqiroziga va Tereza Meyning bosh vazir lavozimini tark etishiga olib kelgan.
Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri sifatidagi 23 iyuldagi ilk nutqida qirollik har qanday vaziyatda joriy kuzda Yevropa Ittifoqini tark etishini aytgandi. U tomonidan buning uchun oxirgi muddat qilib 31 oktabr belgilangan. London Brexit oqibatlarini silliqlashga imkon beruvchi o‘zaro manfaatli kelishuv ishlab chiqish uchun Bryusseldan muhlat olgan.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026