Xitoy AQShning ayrim mahsulotlariga bojlarni bekor qildi
Xitoy hukumati 17 sentyabrdan AQShda ishlab chiqarilgan 16 xil mahsulot, jumladan, dorilar, pestitsid va lubrikantlardan 25 foizlik boj to‘lovlarini olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. Bojlar 2018 yilda joriy etilgandi.
Ushbu ro‘yxatdan Amerika eksportining asosiy mahsulotlari – soya, cho‘chqa go‘shti va makkajo‘xori o‘rin olmadi.
Xabarda aytilishicha, bundan tashqari, bojlar bekor qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning yangi ro‘yxati ko‘rib chiqilmoqda.
Xitoy va AQSh 1 sentyabrdan o‘zaro yangi bojlarni joriy etdi va agarda navbatdagi muzokaralarda kelishuvga erishilmaydigan bo‘lsa, 15 dekabrdan yangi bojlar joriy etilishini e'lon qildi. Muzokaralar oktyabrda Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:34 / 25.09.2024
AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
22:31 / 25.09.2024
Tramp va Harris saylov shtablarining yirik homiylari ma’lum bo‘ldi
21:10 / 25.09.2024
Los-Anjyelesda avtobus yo‘lovchilari garovga olindi
15:39 / 25.09.2024