Jahon | 09:01 / 11.09.2019
21669
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi

Sindzo Abe/Foto: EPA-EFE/KIYOSHI OTA/POOL

Yaponiya hukumati 11 sentabr ertalab to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. 

Bosh vazir Sindzo Abe hukumat a'zolari iste'fosini qabul qildi. Bunga esa Abe tomonidan iyuldagi saylovlardan keyin va iste'mol solig‘ining oktyabrga belgilangan 10 foizlik oshishi oldidan hukumat tarkibini o‘zgartirish rejasi sabab bo‘ldi.

2018 yil oktyabrdagi o‘zgartirishlar natijasida ko‘plab vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolgan bo‘lsalar, endi avvalgi lavozimlarda faqatgina hukumatning bosh kotibi  Yosixide Suga va moliya vaziri Taro Aso qoladi.

Yana 2 vazir Yaponiyada aytish qabul qilingandek “gorizontal” tartibda o‘zgaradi: tashqi ishlar vaziri Taro Kono iqtisodiyot vaziri bo‘ladi, uning o‘rnini esa iqtisodiyotni tiklash masalalari vaziri Tosimitsu Motegi egallaydi. Avvalgi hukumatda vazir lavozimlarini egallagan yana 2 kishi hukumatga qaytadi, qolgan 13 kishi vazirlar mahkamasi tarkibiga ilk bor kiradi.

Kunning 2-yarmida hukumatning yangi tarkibi e'lon qilinishi kutilmoqda. So‘ngra yangi hukumat imperator tomonidan tasdiqlanadi va shundan keyingina rasman shakllantirilgan deb hisoblanadi.

Mavzuga oid