Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 13 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qila turib, vazir elchini tayinlov bilan qutlagan va unga omad tilagan.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Fransiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘targan 2018 yilda Fransiyaga rasmiy tashrif doirasidagi prezident Shavkat Mirziyoyevning prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim e'tibor qaratildi.
Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va ta'lim kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmlarini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Violen de Vilmor Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi edi, u avgust oyida diplomatik missiyasini yakunladi.
Mavzuga oid
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
14:35 / 22.12.2025