Ustomonlik bilan yashirilgan naqd xorijiy valutalar fosh qilindi
Ayrim shaxslar tomonidan respublikamizdan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar hamon ko‘zga tashlanmoqda.
Chunonchi, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu postga “VAN Hool” rusumli avtobusni boshqarib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi K.K. boshqaruvidagi avtobus bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, haydovchi o‘rindig‘i yonidagi kolonka ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, 1 000 000 qozoq tengesi xorijiy valutasi yashirilgani fosh bo‘ldi.
Yana bir holatda mazkur postga piyoda holda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi A.F. bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 502 AQSh dollari va sumkasiga 6004 AQSh dollarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:33 / 29.08.2024
Moskva aeroportida radioaktiv haykalchani olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik to‘xtatildi
18:13 / 22.08.2024
Toshkent aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:57 / 14.08.2024