Ayrim şaxslar tomonidan respublikamizdan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy ravişda olib çiqişga bölgan urinişlar hamon közga taşlanmoqda.
Çunonçi, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Ğiştköprik” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan uşbu postga “VAN Hool” rusumli avtobusni boşqarib kelgan qöşni davlat fuqarosi K.K. boşqaruvidagi avtobus bojxona körigidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, haydovçi örindiği yonidagi kolonka içida yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan va oğzaki sörovda taqdim qilinmagan, 1 000 000 qozoq tengesi xorijiy valutasi yaşirilgani foş böldi.
Yana bir holatda mazkur postga piyoda holda kirib kelgan qöşni davlat fuqarosi A.F. bojxonaçilar e'tiborini tortdi va uşbu şaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi.
Natijada, uşbu şaxs egnidagi kiyimlari orasiga 502 AQŞ dollari va sumkasiga 6004 AQŞ dollarini bojxona nazoratidan yaşirib olib ötişga uringanligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.











