Sport | 09:52 / 16.09.2019
3874
1 daqiqa o‘qiladi
“Formula-1”ning Singapurdagi bosqichi bekor qilinishi mumkin – OAV
“Formula-1” avtopoygasining Singapurdagi bosqichi Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlari sababli bekor qilinishi mumkin. Bu haqda PitPass portali xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, trassa joylashgan hududda tutunlanish xavfi mavjud. Havo ifloslanishi tahdidi hozirda jiddiy darajaga yetgan.
“Tutun sababli musobaqalarni o‘tkazish, ko‘rish darajasi va tashrif buyuruvchilar sog‘lig‘i bilan muammolar yuzaga kelsa, bosqich tashkilotchilari biror qarorga kelishdan oldin tegishli tashkilotlar fikrini so‘raydi”, deb aytgan bosqich promouteri.
Singapurdagi poyga 20-22 sentyabrga belgilangan.
Mavzuga oid
23:36 / 11.10.2024
O‘rmon yong‘inlari Peru ekotizimi va yovvoyi tabiatini yakson qilmoqda
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
23:46 / 18.09.2024