Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lion Air aviakompaniyasining 35 mln mijozi haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlangan – OAV
Foto: Bernama
Noma'lum kishilar Indoneziyaning Lion Air guruhiga kiruvchi aviakompaniyalarning kamida 35 mln mijozi haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlab, internetda joylashtirishgan. Bu haqda The Jakarta Post nashri xabar berdi. Xakerlar ushbu axborotni Amazon’ning bulutli xizmatlaridan olishgan.
Lion Air tarkibiga kiruvchi Malayziyaning Malindo Air aviakompaniyasi vakili Andrea Lion ma'lumotlar tashqariga chiqib ketgani haqidagi ma'lumotning chinligini tasdiqlagan va ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangani, Malayziyaning tegishli idoralari xabardor qilinganini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, barcha mijozlarga shaxsiy kabinetga kirish parollarini zudlik bilan o‘zgartirish tavsiya qilingan.
Bu orada Lion Air vakillari izohlardan bosh tortgan. Guruh tarkibiga shuningdek Indoneziyaning Batik Air, Tailandda joylashgan Thai Lion Air aviakompaniyalari kiradi.
Ta'kidlanishicha, mijozlarning pasport ma'lumotlari, uy manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari erkin foydalanishga tushgan.
Mavzuga oid
13:35 / 04.02.2026
“Tizimdagi xavfli zaiflik sabab serverga to‘g‘ridan to‘g‘ri buzib kirishgan bo‘lishi mumkin” – darknetga shaxsiy ma’lumotlar qanday chiqib ketadi?
11:41 / 03.02.2026
O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlari darknetga chiqib ketgani haqidagi xabar tarqaldi
18:30 / 20.01.2026
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishiga xalal berayotgan qonun o‘zgartirilmoqda
14:57 / 27.09.2025